Krishtianu Ronalduning o‘g‘li «Al-Nassr» safida dubl qayd etdi

22-sentabr 2026 15:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Krishtianu Ronalduning o‘g‘li
Foto: Idman.biz

Portugaliya terma jamoasi va «Al-Nassr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li — Krishtianu Ronaldu Junior Saudiya Arabistoni klubining U-17 jamoasi safida ikki gol urdi.

16 yoshli futbolchi «Al-Ahli» U-17 jamoasiga qarshi uchrashuvda «Al-Nassr»ning har ikkala goliga mualliflik qildi. Bahs 2:1 hisobida uning jamoasi foydasiga yakunlandi.

Ronaldu Junior jamoasiga g‘alaba keltirdi

Uchrashuvda dastlab «Al-Ahli» hisobni ochdi. Biroq Ronaldu Junior birinchi bo‘lim yakuniga qadar ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, vaziyatni o‘zgartirdi.

Birinchi gol vaziyatida u darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, posbonni aldab o‘tdi va to‘pni bo‘sh darvozaga yo‘lladi.

Ikkinchi golini esa jarima maydoni chizig‘i yaqinidan aniq zarba bilan kiritdi.

Otasi ham «Al-Nassr»da o‘ynaydi

Ronaldu Junior ayni paytda «Al-Nassr» yoshlar jamoasida to‘p tepmoqda. Uning otasi Krishtianu Ronaldu ham Saudiya Arabistonining «Al-Nassr» klubi sharafini himoya qiladi va Portugaliya terma jamoasi sardori hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» Ronaldu Portugaliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Jorje Jezus tomonidan Millatlar ligasining navbatdagi o‘yinlari uchun chaqirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek