O‘zbekistonda uy-joy savdosi sakkiz oyda 18 foizdan oshdi

eʼlon qilindi
Eng yuqori o‘sish Toshkent, Sirdaryo va Andijonda qayd etildi
Uy-joy
Rasm SI yordamida yaratilgan

2026-yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 222,5 mingta uy-joy oldi-sotdi bitimi rasmiylashtirildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,4% oshganini ma’lum qildi.

Avgust oyida respublika bo‘yicha 25,1 mingta uy-joy oldi-sotdi bitimi tuzildi. Bu 2025-yil avgustidagi natijadan 0,2% yuqori. Joriy yil boshida bozorda keskin faollik kuzatilgan. Xususan, mart oyida bitimlar soni 43,5 mingtaga yetgan. Aprel–may oylarida savdo pasaygan bo‘lsa, iyun–iyulda ko‘rsatkich oyiga 25–26 mingta darajasiga qaytdi. Avgustda ham shu sur’at saqlanib qoldi.

Shuningdek, o‘qing: Toshkentda kvartira topish qanday qiyinlashdi.

Toshkentda uy-joy savdosi 27,5% oshdi

Avgustda uy-joy bozori faolligi 14 hududning oltitasida oshdi. Toshkent shahrida 7,4 mingta oldi-sotdi bitimi tuzildi, bu 2025-yil avgustidagi ko‘rsatkichdan 2,2% yuqori. Yanvar–avgust oylarida esa poytaxtdagi uy-joy savdosi 27,5% oshdi. Yuqori o‘sish Sirdaryo viloyatida — 25,4%, Andijon viloyatida esa 23,8% ni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv uy-joy narxini baholashda nimalarni hisobga olish kerakligi haqida yozgan edi.

Shuningdek