Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uchrashuv Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi. 81-sessiyaning yuqori darajadagi haftaligi 22-sentabr kuni Nyu-Yorkda boshlandi.
O‘zbekiston va BMT hamkorligi muhokama qilindi
Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, uchrashuv davomida O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan muhim hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Tomonlar hamkorlikning qaysi aniq yo‘nalishlarini ko‘rib chiqqani haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmagan. Biroq O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi sheriklik so‘nggi yillarda barqaror rivojlanish, xavfsizlik hamda xalqaro hamkorlik kabi yo‘nalishlarni qamrab olmoqda.
Mirziyoyeva Guterrishga minnatdorlik bildirdi
Prezident Administratsiyasi rahbari xalqaro munosabatlar tizimidagi murakkab vaziyatda Guterrishning global miqyosdagi faoliyatini alohida qayd etdi.
U BMT Bosh kotibiga global darajada yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlarida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Avvalroq «Kursiv» Saida Mirziyoyeva tadbirkorlarni Yangi Toshkentga sarmoya kiritishga chaqirgani haqida yozgan edi.