
Vivo kompaniyasi Vivo X500 Ultra smartfonini 2027-yil mart yoki aprel oyida taqdim etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.
Asosiy urg‘u kameraga qaratiladi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Vivo X500 Ultra oilaning asosiy kamerofoni bo‘ladi. Smartfon nafaqat suratga olish, balki videokontent yaratishga ham yo‘naltiriladi.
Insayder Digital Chat Station avvalroq Vivo yangi model uchun uch xil 200 megapikselli periskop sensorni sinovdan o‘tkazayotganini ma’lum qilgan. Ularning o‘lchami 1/1,12, 1/1,3 va 1/1,4 dyuymni tashkil etadi.
Qaysi sensor yakuniy seriyali modelga o‘rnatilishi hozircha noma’lum.
Asosiy kamera ham ikki variantda sinovdan o‘tkazilmoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vivo 35 mm formatdagi asosiy kamerani ham ikki xil konfiguratsiyada sinamoqda. Birinchi variant 50 megapikselli, 1/1,28 dyuymli LOFIC sensor, optik stabilizatsiya va keng diapazonda kompensatsiya qiluvchi mikrogimbal tizimini nazarda tutadi.
Ikkinchi variant esa 200 megapikselli va 1/1,12 dyuymli LOFIC sensor bilan jihozlanishi mumkin.
X500 Pro va Pro Max avvalroq sotuvga chiqadi
Avvalroq Vivo X500 Pro va Vivo X500 Pro Max’ning global versiyalari Yevropada oktabr oxirida sotuvga chiqishi haqida xabar berilgan edi.
Ular OriginOS 7 operatsion tizimi bilan taqdim etilishi kutilmoqda. X500 Ultra esa ushbu modellardan bir necha oy keyin bozorga chiqadi.
Avvalroq «Kursiv» Vivo X500 Pro va X500 Pro Max taqdimotdan oldin rasman ochiqlangani haqida yozgan edi.