Jarima maydonchasiga olib ketilgan avtomobillarni qaytarish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Avtomobil faqat maxsus texnikada olib ketiladi
Jarima maydonchasiga olib ketilgan avtomobillarni qaytarish tartibi belgilandi
Foto: SI / Sapura Temirxanova

Toshkent shahrida qoidabuzarlik sabab ushlangan transport vositalarini jarima maydonchasiga olib borish, saqlash va egasiga qaytarishning yangi tartibi tasdiqlandi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi qarorida nazarda tutilgan.

Yangi nizomga ko‘ra, transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda ma’lumot «Jarima maydonchasi» moduli orqali tegishli davlat organlari va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga yuboriladi.

Avtomobil faqat maxsus texnikada olib ketiladi

Agar sodir etilgan huquqbuzarlik transport vositasini boshqarishdan chetlashtirishni nazarda tutsa, avtomobil jarima maydonchasiga faqat maxsus texnika – evakuator yoki manipulyator yordamida olib borilishi mumkin.

Transport vositasini ushlab turish sabablari bartaraf etilgach uni maydonchadan olib chiqishga ham «Jarima maydonchasi» moduli orqali ruxsat beriladi.

Ruxsatnoma QR-kod bilan tasdiqlanadi

Avtomobilni jarima maydonchasidan chiqarish bo‘yicha ruxsatnomani ma’muriy ishni ko‘rib chiqayotgan organning mansabdor shaxsi rasmiylashtiradi.

Ruxsatnoma QR-kod bilan tasdiqlanadi va bir ish kuni ichida haydovchiga hamda jarima maydonchasi xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotga elektron shaklda yuboriladi. Haydovchining telefon raqamiga ham SMS-xabar jo‘natiladi.

Modulsiz ruxsatnoma bilan avtomobil chiqarilmaydi

«Jarima maydonchasi» moduli orqali rasmiylashtirilmagan ruxsatnoma asosida ushlangan avtomobilni maydonchadan chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Avtotransport vositalarini jarima maydonchasidan elektron tarzda olib chiqishga oid ayrim tartiblar 2026-yil iyulida ham hukumat qarori bilan belgilangan edi.

Shuningdek