Kapitalbank Eco-Zone loyihasini amalga oshirdi: O‘zbekiston bo‘ylab 14 ta ekologik hudud ochildi

Kapitalbank o‘zining 25 yilligi munosabati bilan keng ko‘lamli ijtimoiy-ekologik Eco-Zone Kapitalbank loyihasini amalga oshirib, ilk zamonaviy shahar hududlarini muvaffaqiyatli ishga tushirdi.

Eco-Zone loyihasi ekologik yondashuv va zamonaviy texnologik infratuzilmani birlashtirib, aholiga dam olish, o‘qish va ishlash uchun talab yuqori bo‘lgan qulay formatlarni taklif etadi. Bank shahar muhitini rivojlantirish va hududlarda hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan amaliy tashabbuslarni tanladi. Bugungi kunga qadar loyiha doirasida 14 ta ekologik zona tashkil etildi: 4 tasi poytaxtda va 10 tasi mamlakatning asosiy hududlarida.

Endilikda bank filiallari faoliyat yuritadigan barcha hududlarda zamonaviy dam olish zonalari ochildi: Toshkent, Samarqand, Urganch, Andijon va Nukus shaharlarida Eco-coworking, Termiz, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Qo‘qon va Buxoro shaharlarida esa Eco-Zone Family faoliyat yuritmoqda.

Har bir hudud ekologik texnologiyalar va qulay raqamli yechimlardan foydalaniladigan zamonaviy shahar makoni sifatida yaratilgan. Quyosh generatorlari toza energiya olishga yordam beradi, ekologik toza materiallar esa makonni atrof-muhit uchun yanada xavfsiz qiladi. Shu tariqa oddiy yashil hududlar zamonaviy va qulay dam olish, ishlash hamda kundalik hayot uchun mo‘ljallangan maskanlarga aylanadi. Bu yerda ekologik yondashuv qulaylik va zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashadi.

«Respublika bo‘ylab ushbu manzillarning ochilishi — Kapitalbankning 25 yillik yubileyi doirasidagi ESG strategiyasi tarkibiga kiruvchi ekologik tashabbuslarning tabiiy davomidir. Biz yashil yechimlarni kundalik hayotga joriy etish va O‘zbekistonning har bir aholisi qulay sharoitda ishlashi, ta’lim olishi va hordiq chiqarishi mumkin bo‘lgan makonlarni yaratishga intilamiz», – deya ta’kidladi bank Kuzatuv kengashi raisining maslahatchisi Oksana Lindina.

Loyiha biznes ekologik toza va barqaror yechimlarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali kelajak avlodlar uchun zamonaviy hamda qulay muhitni qanday yaratishi mumkinligi namoyish qiladi. Bunday tashabbuslar Kapitalbankka nafaqat hududlarda infratuzilmani rivojlantirish, balki butun mamlakat bo‘ylab tabiiy resurslar va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga ham yordam beradi.
