Mahallalarda har oy «Pensiya kuni»ni o‘tkazish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda mahallalarda har oy «Pensiya kuni»ni tashkil etish taklif qilinmoqda. Bu «Aholi farovonligini ta’minlash va pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni loyihasida nazarda tutilgan.
«Pensiya kuni» doirasida fuqarolarga pensiya tizimi, ish staji va kelajakdagi pensiya miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar haqida ma’lumot berilishi rejalashtirilgan.
Qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi
Shuningdek, o‘qing: Pensiya islohoti: odamlar qanday fikrda
Loyihaga ko‘ra, mahallalarda pensiya ta’minotiga oid qisqa muddatli o‘quv kurslarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Ularda fuqarolarga pensiya uchun zarur ish staji, rasmiy bandlikning ahamiyati va pensiya miqdori qanday shakllanishi sodda va tushunarli tarzda tushuntiriladi.
Pensiya jamg‘armasi va Mahallalar uyushmasi hamkorlik qiladi
Shuningdek, o‘qing: O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq stajsiz qolmoqda
«Pensiya kuni» tadbirlarini Pensiya jamg‘armasi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorlikda tashkil etishi taklif qilinmoqda.
Tashabbus orqali fuqarolarga pensiyaga oldindan tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berish rejalashtirilgan.
Hozircha bu tartib farmon loyihasida taklif etilgan bo‘lib, yakuniy hujjat qabul qilinmaguncha uning ayrim bandlari o‘zgarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nafaqa miqdorini oshirish yo‘llari haqida ma’lumot bergandi.