Oʻzbekistondagi iqlim oʻzgarishlarini kuzatishda sun’iy intellektdan foydalaniladi

Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishlarini kuzatish va tahlil qilishda sun’iy intellekt hamda sun’iy yoʻldosh ma’lumotlaridan foydalanish rejalashtirilmoqda. Buning uchun milliy iqlim ma’lumotlari platformasi rivojlantiriladi.
Platforma iqlimdagi oʻzgarishlarni tezroq kuzatish, ularning oqibatlarini baholash va ekologik qarorlar qabul qilishda ma’lumotlardan samaraliroq foydalanishga yordam berishi mumkin.
Bu masala 2026-yil 14 – 16-sentabr kunlari Filippinning Manila shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo taraqqiyot banki forumida muhokama qilindi. Oʻzbekiston vakillari xalqaro hamkorlar bilan havo sifatini yaxshilash, choʻllanishga qarshi kurashish va iqlim ma’lumotlari tizimini rivojlantirish boʻyicha kelishuvlarga erishdi. Oʻzbekiston havo sifatini yaxshilash va choʻllanishga qarshi kurashishga qaratilgan mintaqaviy texnik koʻmak loyihalariga ham jalb etiladi.
Shuningdek, Iqlim va toza havo koalitsiyasi doirasida qora uglerod chiqindilarini kamaytirish va havo sifatini yaxshilash boʻyicha Milliy strategiyani ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi. Ushbu va boshqa ekologik loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro texnik hamda moliyaviy koʻmakni jalb qilish rejalashtirilmoqda.
Avvalroq Kursiv Xitoyda sun’iy intellekt yordamida ishlab chiqilgan ilk innovatsion dori bozorga chiqarish uchun tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.