O‘zbekistonda ishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Hodisa haqida darhol xabar beriladi
O‘zbekistonda ishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish tartibi belgilandi
Foto: Pexels

O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar haqida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olishning yangi tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qaysi holatlar tekshirilmaydi

Nizomga ko‘ra, ayrim holatlar mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisa sifatida tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi. Bular tabiiy o‘lim, o‘z joniga qasd qilish, jabrlanuvchining o‘z sog‘lig‘iga qasddan zarar yetkazishi hamda jinoyat sodir etish vaqtida jarohatlanish holatlarini o‘z ichiga oladi.

Ish beruvchi nima qilishi kerak

Baxtsiz hodisa yuz berganda ish beruvchi jabrlanuvchiga zudlik bilan shifokorgacha bo‘lgan birinchi yordam ko‘rsatilishini ta’minlashi kerak.

Zarurat tug‘ilganda jabrlanuvchi tibbiyot muassasasiga yetkaziladi. Shuningdek, hodisa haqida tegishli davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, jabrlanuvchining yaqinlariga xabar berilishi shart.

Hodisa haqida darhol xabar beriladi

Baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda jabrlanuvchi yoki hodisa guvohi bu haqda darhol tegishli bo‘linma yoki sex rahbariga xabar berishi kerak. Bo‘linma rahbari jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatilishini va uni tibbiy-sanitariya qismiga yoki boshqa tibbiyot muassasasiga yetkazishni tashkil etadi.

Shuningdek, u maxsus tekshiruv komissiyasi ish boshlaguniga qadar hodisa joyidagi vaziyat va jihozlarning holatini imkon qadar hodisa yuz bergan paytdagi ko‘rinishda saqlashi lozim. Bundan tashqari, hodisa haqida ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga darhol ma’lum qilinadi.

Qaysi hodisalar maxsus tekshiriladi

Ayrim baxtsiz hodisalar alohida tartibda maxsus tekshiruvdan o‘tkaziladi. Jumladan, bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq xodim bilan sodir bo‘lgan guruhli baxtsiz hodisalar, yetkazilgan zarar og‘irligidan qat’i nazar, maxsus tekshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda ayollar erkaklarga nisbatan 35 – 40 foiz kam maosh olishi haqida yozgan edi.

Shuningdek