
Xiaomi 18 Pro seriyasi Qualcomm’ning yangi Snapdragon 8 Elite Gen 6 va Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 protsessorlarini bozorda birinchi bo‘lib qo‘llaydigan smartfonlar qatoriga kiradi.
Xiaomi 18 Pro va 18 Pro Max turli chiplarni oladi
Xiaomi 18 Pro standart Snapdragon 8 Elite Gen 6 protsessori bilan jihozlanadi. Xiaomi 18 Pro Max esa kuchliroq Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 chipini oladi.
Kompaniya bu yondashuv orqali seriya ichidagi modellarni imkoniyatlari va unumdorligi bo‘yicha aniqroq ajratmoqchi.
Xiaomi sun’iy intellekt imkoniyatlariga urg‘u bermoqda
Xiaomi smartfonlar bo‘limi rahbari Lu Weibing kompaniya Qualcomm’ning yangi ko‘p flagmanli strategiyasidan foydalanib, turli toifadagi foydalanuvchilar uchun farqlangan flagman tajribasini taklif qilishni rejalashtirayotganini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, yangi chiplar qurilmaning o‘zida ishlaydigan sun’iy intellekt funksiyalari, o‘yinlardagi unumdorlik, energiya samaradorligi va umumiy ishlash tezligini yaxshilashga xizmat qiladi.
Seriya 23-sentabr kuni taqdim etiladi
Xiaomi 18 Pro seriyasi Xitoyda 23-sentabr kuni taqdim etilishi rejalashtirilgan. Global sotuvlar esa yil oxirigacha boshlanishi kutilmoqda.
Taqdimot davomida smartfonlarning to‘liq texnik xususiyatlari, narxlari va qaysi bozorlarda sotilishi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Xiaomi 18 Pro Max qanday suratga olishi haqida yozgan edi.