O‘zbekiston 2027-yilda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qiladi

eʼlon qilindi
Xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirish taklif qilindi
O‘zbekiston 2027-yilda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qiladi
Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

O‘zbekiston 2027-yilda Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qiladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasidagi nutqida ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyeva nutqida BMT nafaqat qarorlar qabul qilishi, balki ularni amalda bajarishga qodir tashkilot bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

«Bizga faqat qaror qabul qiladigan emas, balki qarorlarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan BMT kerak. Bizga har bir mamlakat ovozi eshitiladigan BMT kerak», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston BMT Bosh kotibining tashkilotni zamonaviy talablarga moslashtirishga qaratilgan «BMT-80» tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi.

Xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirish taklif qilindi

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini zamonaviy voqeliklarni hisobga olgan holda kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashini ham bildirdi.

«Biz zamonaviy voqelikdan kelib chiqib, BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlaymiz. Kelgusi yili O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qiladi», — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyeva BMT minbarida boshqa nimalar haqida gapirgani haqida ma’lumot berilgandi.

Nutqda Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlar, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ekologik muammolar va Orol fojiasi masalalariga ham e’tibor qaratilgan.

Shuningdek