Dollar oshdi: 25-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

25-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 16,82 so‘mga oshib, 11 830,87 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
18-sentabr kuni esa 35,91 so‘mga oshib, 11 833,37 so‘mga tenglashdi. 19-sentabr kuni esa 6,22 so‘mga oshib, 11 839,59 so‘m, 22-sentabr kuni 29,77 so‘mga tushib, 11 809,82 so‘m, 23-sentabr kuni 7,63 so‘mga tushib, 11 802.19 so‘m bo‘ldi. 24-sentabr kuni 11,86 so‘mga oshib, 11 814,05 so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, o‘qing: Dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgardi
Yevro kursida tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 31,67 so‘mga tushib, 13 450,52 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli tushdi. Rubl kursi 0,66 so‘mga pasayib, 139,27 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» 24-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.