Andijonda 600 mln dollarlik logistika kompleksi quriladi

eʼlon qilindi
«Keskanyor» chegara posti ochiladi
Andijonda 600 mln dollarlik logistika kompleksi quriladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Yil yakuniga qadar Qo‘rg‘ontepa va Xonoboddagi 300 gektar maydonda qiymati $600 mln bo‘lgan logistika kompleksi loyihasini boshlash topshirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur loyiha yangi temir yo‘l yo‘nalishi orqali ortadigan yuk oqimini qabul qilish va qayta taqsimlash imkoniyatini kengaytirishi ko‘zda tutilgan.

«Keskanyor» chegara posti ochiladi

Qirg‘iziston bilan «Do‘stlik» postiga nisbatan ikki barobar katta «Keskanyor» chegara postini ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgani qayd etildi.

Uch oy ichida post loyihasini ishlab chiqib, qurilishni boshlash vazifasi qo‘yildi.

Yangi post yuk tashish hajmini 2-3 karra oshirish va yetkazib berish muddatini bir haftaga qisqartirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xonoboddan Andijongacha pulli yo‘l quriladi

Yangi transport oqimiga mos ravishda 78 kilometr uzunlikdagi «Xonobod – Andijon» pulli avtomobil yo‘lini loyihalash ishlari boshlanadi.

Bundan tashqari, kelgusi yil «Toshkent – Andijon» pulli avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanishi belgilangan.

Tezyurar poyezd safar vaqtini ikki soatga qisqartirdi

Shu oydan «Toshkent – Andijon» tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Ikki shahar o‘rtasidagi safar vaqti 6 soatdan 4 soatgacha qisqardi.

Avvalroq «Kursiv» Andijon Farg‘ona vodiysining muhandislik kadrlari markaziga aylantirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek