Andijonda 2027-yil yana uchta yirik yo‘lo‘tkazgich quriladi

eʼlon qilindi
Shuningdek, Asaka tumani markazini aylanib o‘tuvchi ko‘prik ham ishga tushiriladi
Andijonda 2027-yil yana uchta yirik yo‘lo‘tkazgich quriladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Andijon shahrida 2027-yilda yana uchta yirik yo‘lo‘tkazgich qurilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Asaka tumani markazini aylanib o‘tuvchi ko‘prik ham ishga tushiriladi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yangi yo‘lo‘tkazgichlar Milliy tiklanish va Navoiy, O‘zbekiston va Bobur, shuningdek, Amir Temur va «Yangi aylanma yo‘li» ko‘chalari kesishmalarida barpo etilishi belgilandi.

Bobur shahrida 800 ta ko‘p qavatli uy quriladi

Yig‘ilishda Bobur shahrini rivojlantirish masalasi ham muhokama qilindi. To‘rt ming gektar qir-adir hududida barpo etilayotgan shaharga hozirgacha 25 ming aholi ko‘chib o‘tgan.

Shuningdek, o‘qing: Siyosatdan yiroq odam, yuragidagi bor gapni gapirdi — Mirziyoyev (video)

Yana 200 ming kishiga mo‘ljallangan 800 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilishi boshlangan.

Shuningdek, shaharda savdo majmualari, biznes markazlari, mehmonxonalar, xususiy ta’lim, tibbiyot va sport obyektlarini qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash belgilandi.

Bunday loyihalar uchun ajratiladigan yerlarning boshlang‘ich narxini uy-joy qurilishi uchun beriladigan yerlarga nisbatan ikki barobar arzon belgilash va ularni yangi shartlarda auksionga chiqarish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 30 ta ma’muriy binoni Bobur shahriga ko‘chirish hisobiga biznes uchun 13 gektar yer va 70 ming kvadrat metr joy bo‘shashi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek