Asaka o‘z avtomobil texnologiyalarini yaratishga o‘tadi

24-sentabr 2026 12:32 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Asaka o‘z avtomobil texnologiyalarini yaratishga o‘tadi
Foto: depositphotos

Asakada avtomobilsozlik va mashinasozlik sohasida shakllangan 30 yillik tajriba asosida endi o‘z texnologiyalarini yaratishga o‘tish vazifasi belgilandi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Asakada muhandislik vodiysi tashkil etiladi

Belgilangan vazifani amalga oshirish uchun «Asaka muhandislik vodiysi»ni tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. U yerda dasturiy mahsulotlar, elektronika, elektromexanika va muhandislik xizmatlarini o‘z ichiga olgan yagona zanjirni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Viloyatda muhandislik, energetika, sanoat va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida 10 ming talaba tahsil olayotgani qayd etildi. Ularning g‘oyalarini tayyor mahsulotga aylantirish uchun tadqiqot va ishlanmalar markazlarini rivojlantirish vazifasi qo‘yildi.

To‘qimachilik eksportini $1,5 mlrddan oshirish mumkin

Yig‘ilishda to‘qimachilik sohasidagi imkoniyatlarga ham e’tibor qaratildi.

Yevropadan dizaynerlar, konstruktorlar va brendlarni jalb qilish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish orqali viloyatning to‘qimachilik eksportini $1,5 mlrddan oshirish mumkinligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, bundan buyon viloyatdagi investitsiya loyihalarining samaradorligi har bir kvadrat metr maydonda yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat asosida baholanishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining iqtisodiyoti yarim yilda 8,8 foizga o‘sgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek