Chevrolet Traverse 2027 qanday ranglarda chiqadi

24-sentabr 2026 14:57 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Traverse 2027 qanday ranglarda chiqadi
Foto: Chevrolet

Chevrolet 2027-yilgi Chevrolet Traverse krossoveri uchun sakkiz xil tashqi kuzov rangini taklif qilmoqda. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.

Ranglar orasida an’anaviy qora, oq va kulrang variantlar bilan birga qizil, ko‘k va yashil ranglar ham bor.

Ayrim ranglar faqat ma’lum komplektatsiyalarda mavjud bo‘ladi, ayrimlari uchun esa qo‘shimcha haq to‘lash talab etiladi.

Ayrim ranglar faqat ma’lum komplektatsiyalarda bo‘ladi

Foto: Chevrolet

Ranglarning mavjudligi LT, Z71, High Country va RS komplektatsiyalariga qarab farq qiladi.

Masalan, Sandstone Gray qo‘shimcha to‘lovsiz taklif etiladi, biroq u faqat Z71 versiyasida mavjud. Twilight Blue ham bepul ranglardan biri bo‘lib, faqat High Country va RS komplektatsiyalariga mo‘ljallangan.

328 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatiladi

2027 Chevrolet Traverse standart tarzda 2,5 litrli turbomotor bilan jihozlanadi. To‘rt silindrli dvigatel 328 ot kuchi va 326 funt-fut, ya’ni qariyb 442 Nm aylanish momentini ishlab chiqaradi.

Avvalroq «Kursiv» UzAuto Motors Chevrolet Damas uchun aksiyani yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan edi.

Shuningdek