Chiqindi uchun 150 so‘m: Toshkentda fandomat ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Pul Click elektron hamyoniga o‘tkaziladi
Chiqindi uchun 150 so‘m: Toshkent va Surxondaryoda fandomatlar ishga tushirildi
Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida plastik, shisha va alyuminiy ichimlik idishlarini maxsus fandomatlarga topshirish tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi. Har bir qabul qilingan idish uchun fuqarolarga 150 so‘mgacha rag‘bat puli beriladi.

Loyiha Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda Norvegiyaning TOMRA kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Pul Click elektron hamyoniga o‘tkaziladi

Fandomatga plastik, shisha yoki alyuminiy ichimlik idishini topshirgan fuqaro ikki variantdan birini tanlashi mumkin.

Birinchi variantda har bir qabul qilingan idish uchun 150 so‘m pul beriladi. Mablag‘ Click elektron hamyoniga o‘tkaziladi.

Ikkinchi variantda esa fuqaro ushbu mablag‘ni xayriya maqsadlariga yo‘naltirishi mumkin. Bunda tushgan pullar xayriya va daraxt ekish tashabbuslariga sarflanadi.

Idishlar qayta ishlashga yuboriladi

Fandomatlar ichimlik idishlarini boshqa maishiy chiqindilardan alohida yig‘ish imkonini beradi.

Yig‘ilgan plastik, shisha va alyuminiy qayta ishlanib, ikkilamchi xomashyo sifatida yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanilishi mumkin.

Loyihadan chiqindilarni saralashni kundalik odatga aylantirish va aholining ekologik madaniyatini oshirish ham maqsad qilingan.

Shuningdek, o‘qing: O‘zbekistonda chiqindidan elektr ishlab chiqaradigan 6 ta zavod quriladi

Fandomatlar boshqa hududlarda ham o‘rnatilishi mumkin

Hozircha loyiha pilot shaklda amalga oshirilmoqda. Agar tajriba o‘zini oqlasa, keyinchalik fandomatlarni respublikaning boshqa hududlaridagi aholi gavjum joylarga ham bosqichma-bosqich o‘rnatish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2027-yil 1-yanvardan xavfli chiqindilarni hosil qiluvchi tashkilotlar ularni boshqarish bo‘yicha yillik rejalar ishlab chiqishi kerakligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek