Dam olish kunlari havo salqinlashadi

eʼlon qilindi
Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Yomg‘ir
Foto: Pexels.com

26 – 27-sentabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin pasayib, kunduzi 22–25 darajagacha, janubiy hududlarda esa 27–30 darajagacha tushadi.

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi.

Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

26-sentabrga o‘tar kechasi Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ham qisqa muddatli yog‘ingarchilik ehtimoli saqlanib qoladi. Kecha harorati 9–14 daraja atrofida bo‘ladi.

Shamol kuchayishi mumkin

26 – 27-sentabr kunlari shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

Shimoliy va cho‘l hududlarda uning tezligi ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bunda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Toshkent shahrida shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat kechalari 11–14 daraja, kunduzi esa asta-sekin 23–25 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2026-yil sentabr oyida ob-havo nisbatan quruq va biroz iliq bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek