Kaspiyda bedarak yo‘qolgan barcha askarning jasadi topildi

eʼlon qilindi
3 kishi qutqarib qolingan
Foto: Qozog‘iston Mudofaa vazirligi

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Kaspiy dengizida olib borilgan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlanganini ma’lum qildi. Hodisa oqibatida jami 14 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. 

Ikki harbiyning jasadi topildi

25-sentabr kuni soat 09:15 atrofida uzluksiz davom etgan qidiruv-qutqaruv ishlari vaqtida avvalroq bedarak yo‘qolgan serjant Mansur Gumarov va matros Miras Turdibekulining jasadi topilgan. Shu bilan Kaspiy dengizidagi qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlangan.

17 nafar harbiy dengizga olib ketilgan

Fojia o‘quv-jangovar vazifani bajarish vaqtida yuz bergan. Ob-havoning kutilmaganda keskin yomonlashishi oqibatida 17 nafar harbiy xizmatchini ochiq dengizga oqim olib ketgan.

Ulardan uch nafari qutqarilgan. Qolgan 14 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Qozog‘iston Mudofaa vazirligi va Qurolli kuchlari rahbariyati halok bo‘lgan harbiylarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, marhumlarning oilalariga zarur moddiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 14 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek