Saida Mirziyoyeva JST rahbari bilan O‘zbekistonning a’zolik jarayonini muhokama qildi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston 2026-yilda JSTga a’zo bo‘lishni maqsad qilgan
Saida Mirziyoyeva JST rahbari bilan O‘zbekistonning a’zolik jarayonini muhokama qildi
Foto: Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi. Muloqot davomida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonidagi hozirgi holat va yakunlanishi kerak bo‘lgan vazifalar muhokama qilingan.

O‘zbekiston 2026-yilda JSTga a’zo bo‘lishni maqsad qilgan

O‘zbekiston avvalroq JSTga a’zolik jarayonini 2026-yilda yakunlash rejasini tasdiqlagan. Iyul oyida tashkilotga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhning 13-yig‘ilishida ham shu maqsad qayd etilgan.

JST materiallarida O‘zbekistonning a’zolik muzokaralarini yakunlash bo‘yicha izchil siljish kuzatilayotgani ham bildirilgan.

Saida Mirziyoyeva Okonjo-Ivealaga O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgani uchun minnatdorlik izhor qilgan.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston a’zolik yo‘lining katta qismini bosib o‘tgan va endi jarayonni yakuniga yetkazish muhim.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BlackRock kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek