Samarqanddagi arxeologiya yodgorligiga 6,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

eʼlon qilindi
Yodgorlikka og‘ir texnika bilan zarar yetkazilgan
Samarqanddagi arxeologiya yodgorligiga 6,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Foto: depositphotos

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi «Tallig‘ulontepa» arxeologiya yodgorligiga 6,435 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi. Madaniy meros agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yodgorlikning ayrim qismlari og‘ir texnika yordamida buzilgan.

Holat ijtimoiy tarmoqlarda yodgorlik buzilayotgani haqidagi xabarlar tarqalganidan so‘ng o‘rganilgan.

Yodgorlikka og‘ir texnika bilan zarar yetkazilgan

Mutaxassislar tekshiruvida arxeologiya yodgorligining ayrim qismlariga mexanik ta’sir ko‘rsatilgani va ular buzilgani aniqlangan.

Shuningdek, hududga o‘rnatilgan muhofaza belgisi noma’lum shaxs tomonidan olib tashlangani ham qayd etilgan.

2026-yil 23-sentabrdagi hisob-kitoblarga ko‘ra, yodgorlikka yetkazilgan moddiy zarar 6,435 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Zarar miqdori bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, holatga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar Samarqand viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Yodgorlik V-VI va X-XII asrlarga oid

«Tallig‘ulontepa» arxeologiya yodgorligi V-VI hamda X-XII asrlarga oid.

U Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan va Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasiga biriktirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda ilk O‘rta asrlarga oid haykalning boshi topilgandi. Topilma qadimgi So‘g‘d san’ati va Qo‘rg‘ontepa ibodatxonasi tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lishi mumkin.

Shuningdek