Shavkat Mirziyoyev va Irakliy Kobaxidze transport hamkorligini muhokama qildi

eʼlon qilindi
Iyuldagi kelishuvlar ijrosi muhokama qilindi
Shavkat Mirziyoyev va Irakliy Kobaxidze transport hamkorligini muhokama qildi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida davlat rahbari Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, Gruziya xalqiga esa farovonlik va ravnaq tiladi.

Iyuldagi kelishuvlar ijrosi muhokama qilindi

Muloqot davomida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Asosiy e’tibor Shavkat Mirziyoyevning 2 – 3-iyul kunlari Gruziyaga davlat tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratildi.

Iyuldagi tashrif davomida tomonlar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolagan, shuningdek, savdo, investitsiya, transport-tranzit va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga kelishgan edi.

Poti va Anakliya portlaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi

Telefon suhbatida o‘zaro savdo hajmini oshirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Gruziyaning Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi transport bog‘liqligini kuchaytirish masalasi muhokama qilindi.

Avvalroq «Kursiv» Gruziyaning yirik bank guruhi O‘zbekistondagi Top-5 banklardan birini sotib olishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek