Toshkentda tug‘ilgan siyosatchi Rossiya Davlat dumasi vitse-spikerligiga nomzod bo‘ldi

eʼlon qilindi
Hozir u Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda
Toshkentda tug‘ilgan siyosatchi Rossiya Davlat dumasi vitse-spikerligiga nomzod bo‘ldi
Foto: Aleksandr Miridonov/ POOL/ TASS

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Vitaliy Savelyev Davlat dumasi raisi o‘rinbosari lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatildi. Bu haqda «Yagona Rossiya» («Единой России») partiyasi raisi Dmitriy Medvedev 24-sentabr kuni ma’lum qildi, deya xabar berdi TASS.

Savelyev 1954-yil 18-yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. Hozir u Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Davlat dumasi rahbariyatiga nomzodlar e’lon qilindi

Medvedev partiya fraksiyasidan Davlat dumasi raisi o‘rinbosarlari lavozimiga bir qator nomzodlarni, jumladan, Vitaliy Savelyevni ko‘rsatgan.

Savelyev 2024-yil mayidan Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi. Hukumatda u transport tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq yo‘nalishlarni muvofiqlashtirib kelmoqda.

Savelyev avval «Aeroflot» va Transport vazirligini boshqargan

Savelyev 2009 – 2020-yillarda «Aeroflot» aviakompaniyasiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik, 2020 – 2024-yillarda Rossiya transport vaziri lavozimida ishlagan.

2024-yil 14-maydan u Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari etib tayinlangan. Savelyev iqtisodiyot fanlari nomzodi bo‘lib, faoliyati davomida bank, telekommunikatsiya, aviatsiya va davlat boshqaruvi sohalarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan yana bir qator o‘zbekistonliklar vatanga qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolar Krasnodar o‘lkasida mehnat faoliyati bilan shug‘ullangan. Turli qiyin vaziyatlar sabab ular og‘ir ijtimoiy-moddiy ahvolga tushib qolgan.

Shuningdek