Yomg‘ir, quyosh, qor: 25-sentabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

25-sentabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Tog‘li hududlarda esa yog‘ingarchilik baland joylarda qorga aylanishi ehtimoli bor.
Toshkentda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +14…+16, kunduzi +26…+28 daraja bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida ham yog‘ingarchilik kutilmoqda
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Harorat kechasi +13…+18, kunduzi +23…+28 darajani tashkil etadi.
Toshkent viloyatida ham ayrim joylarda yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Harorat kechasi +13…+18, kunduzi +25…+30 daraja bo‘ladi.
Aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +25…+30 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy, shuningdek, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi +13…+18, kunduzi +25…+30 darajani tashkil etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda esa kunduzi +28…+33 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘larda qor yog‘ishi mumkin
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi.
Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Shamol ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +9…+14, kunduzi esa +15…+20 daraja bo‘ladi.
Avvalroq «Kursiv» 24-sentabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.