Javohir Sindarov: Bu yil Olimpiadani qo‘lga kiritamiz

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Mezbonlar 16 ochko bilan turnirda yakka peshqadam
Foto: UzChess

Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Javohir Sindarov to‘qqizinchi turdan so‘ng jurnalistlarga qisqa intervyu berdi.

«O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Xudo xohlasa, bu yil Olimpiadani qo‘lga kiritamiz. Bizni qo‘llab-quvvatlashda davom eting», – dedi Sindarov.

To‘qqizinchi turda O‘zbekiston AQSh terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi. Shu g‘alabadan keyin mezbonlar 16 ochko bilan turnirda yakka peshqadamga aylandi. Hindiston va O‘zbekiston-2 hisobida 15 ochkodan bor. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Hindiston ikkinchi, O‘zbekiston-2 esa uchinchi o‘rinda bormoqda. Shu tariqa O‘zbekistonning ikki jamoasi turnir jadvalining kuchli uchligidan joy oldi.

Foto: UzChess

O‘zbekiston-2 to‘qqizinchi turda Niderlandiyani 3,5:0,5 hisobida mag‘lub etdi. Armaniston ham 15 ochko bilan peshqadamlar guruhida bormoqda. Keyingi o‘rinlarda 14 ochkodan jamg‘argan Xitoy, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Ukraina va Vengriya joylashgan. AQSh esa 13 ochko bilan 11-o‘rinda.

Foto: UzChess

Olimpiada yakuniga ikki tur qoldi. 10-turda O‘zbekiston Armaniston bilan, O‘zbekiston-2 esa Hindiston bilan bahs olib boradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turlov shaxmatni targ‘ib qilish uchun yiliga 1,5 mln dollar ajratishni taklif etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek