Pensiya bo‘yicha takliflar qayta ko‘rib chiqiladi, Timur Turlov FIDE prezidenti — 26-sentabr yangiliklari

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti
Новая гастроулица с кафе и торговыми точками появится в Ташкенте
Foto: IQAir

Pensiya bo‘yicha takliflar qayta ko‘rib chiqiladi, Timur Turlov FIDE prezidenti — 26-sentabr yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

OTMga o‘qishga kiritish uchun 8 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi

OTMga o‘qishga kiritish uchun 8 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi
Foto: DXX

Toshkentda fuqaroning xususiy oliygohning 3-bosqichiga noqonuniy tarzda o‘qishga kiritilishi evaziga $8 ming talab qilingan holat aniqlandi. DXX ma’lumotiga ko‘ra, tezkor tadbir davomida bir necha shaxs, jumladan, Yakkasaroy tumani IIO FMB inspektor-psixologi ham ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Jahongir Vohidov: Birinchi jamoa bo‘ladimi yoki ikkinchi — farqi yo‘q, O‘zbekiston yutsa bo‘ldi

Foto: UzChess

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining toʻqqizinchi turi Oʻzbekiston erkaklar jamoalari uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. Birinchi terma AQShni 2,5:1,5 hisobida, Oʻzbekiston-2 Niderlandiyani 3,5:0,5, Oʻzbekiston-3 esa Qirgʻizistonni 2,5:1,5 hisobida magʻlub etdi. Oʻzbekiston-2 safida birinchi donada oʻynayotgan Jahongir Vohidov Niderlandiya yetakchisi Anish Girini magʻlub etdi. Partiyadan soʻng grossmeyster jurnalistlar bilan boʻlgan suhbatda uchrashuv, jamoaning natijasi va Olimpiadadagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

Pensiya islohoti loyihasi kelib tushgan takliflar asosida qayta ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi

Foto: Kursiv media
Foto: Kursiv Uzbekistan

Joriy yilning 25-sentabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanidan so‘ng, Pensiya jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i Nozimjon Jo‘rayev pensiya yoshini oshirish loyihasi yuzasidan jamoatchilik fikri qay tartibda inobatga olinishi bo‘yicha Kursiv Uzbekistan muxbiriga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bildirilgan takliflar tahlil qilinib, tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Turlov shaxmatni targ‘ib qilish uchun yiliga 1,5 mln dollar ajratishni taklif etdi

Foto: Kursiv Uzbekistan

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidentligiga nomzod Timur Turlov o‘z dasturining moliyaviy qismi haqida gapirdi. Sport dasturlarini rivojlantirish uchun ajratiladigan mablag‘lardan tashqari, u har yili media va shaxmatni targ‘ib qilish uchun $1,5 mln yo‘naltirishni taklif qilmoqda.

Turlovning aytishicha, bunday moliyalashtirish milliy federatsiyalarga o‘z loyihalarini yaxshiroq targ‘ib qilish va ularga e’tibor jalb etishga yordam beradi. Shuningdek, bu turli mamlakatlarda shaxmatni rivojlantirish va ommalashtirishga xizmat qiladi.

Ayrim iPhone 18 Pro Max foydalanuvchilari mobil aloqasiz qoldi

Ayrim iPhone 18 Pro Max foydalanuvchilari mobil aloqasiz qoldi
Foto: Apple

AQShdagi ayrim iPhone 18 Pro Max foydalanuvchilari mobil tarmoq bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Mydrivers xabariga ko‘ra, ayrim qurilmalarda qo‘ng‘iroq qilish, SMS yuborish va mobil internetdan foydalanish imkoni yo‘qolgan.

Muammo, asosan, AT&T tarmog‘iga ulanish va eSIM’ni faollashtirish bilan bog‘liq ekani aytilmoqda. Shunga o‘xshash shikoyatlar Reddit hamda Apple qo‘llab-quvvatlash forumlarida ham paydo bo‘lgan.

O‘zbekiston ilk C-390 Millennium harbiy samolyotini qabul qilib oldi

O‘zbekiston ilk C-390 Millennium harbiy samolyotini qabul qilib oldi
Foto: Embraer

Braziliyaning Embraer kompaniyasi O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlariga birinchi C-390 Millennium ko‘p maqsadli harbiy transport samolyotini topshirdi. Shu tariqa O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ushbu samolyotdan foydalanadigan birinchi davlatga aylandi.

Samolyotni topshirish marosimi 25-sentabr kuni Braziliyaning Gavião Peixoto shahridagi Embraer zavodida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni general-mayor Ahmad Burxonov va «O‘ztextreyd» davlat muassasasi direktori Olimxon Rustamov qatnashdi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida 34 ta medal bilan to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida 34 ta medal bilan to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi
Foto: Sport vazirligi

Yaponiyada davom etayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 34 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Dunyo» ma’lumotiga ko‘ra, sportchilar hisobida 8 ta oltin, 17 ta kumush va 9 ta bronza medal bor.

Medallar jadvalida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya kuchli uchlikni egallab turibdi.

Timur Turlov FIDE prezidenti etib saylandi

Turlovning prezidentlik tandemidagi sherigi Vishvanatan Anand bo‘ldi. Foto: Kursiv Kazakhstan

Timur Turlov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti etib saylandi. Saylovlar 26-sentabr kuni Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bilan parallel ravishda o‘tkazilayotgan tashkilot Bosh assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Saylovda uchta prezidentlik tandemi ishtirok etdi.

FIDE prezidenti lavozimiga Timur Turlov, Yan Xenrik Byuttner va Vadim Rozenshteyn da’vogarlik qilgan. Ularning har biri vitse-prezident lavozimiga nomzod Vishvanatan Anand, Malkolm Peyn va Gordon Tang bilan juftlikda ko‘rsatilgan.

Namangandagi bog‘chada 5 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik: ayrim xodimlar ishdan olindi

Issiq kunlarda bog‘chalar uchun ta’til hozircha rejalashtirilmagan — MMTV
Foto: MMTV

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat bog‘chasida voyaga yetmagan tarbiyalanuvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi, Bolalar ombudsmani hamda Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Rossiyadagi koloniyada 66 nafar o‘zbekistonlik jazo o‘tamoqda

Rossiyadagi koloniyada 66 nafar o‘zbekistonlik jazo o‘tamoqda
Foto: «Dunyo» AA

Rossiyaning Buryatiya respublikasidagi 8-sonli axloq tuzatish koloniyasida 66 nafar O‘zbekiston fuqarosi jazo muddatini o‘tamoqda. O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov ular bilan uchrashib, murojaatlarini o‘rgandi.

«Dunyo» ma’lumotiga ko‘ra, vatandoshlar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularning iltimos va muammolari tinglangan.

Shuningdek