Qozog‘iston mudofaa vaziri Dauren Kosanov lavozimidan ozod etildi

eʼlon qilindi
Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Qozog‘iston mudofaa vaziri Dauren Kosanov lavozimidan ozod etildi
Foto: t.me/mod_russia

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod etdi. Tegishli farmon 27-sentabr kuni e’lon qilindi.

Kosanovning lavozimdan ketishi Kaspiy dengizida o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlar vaqtida harbiy xizmatchilar halok bo‘lgan fojia ortidan yuz berdi.

Prezident farmon imzoladi

Aqorda xabariga ko‘ra, davlat rahbari farmoni bilan Dauren Kosanov Qozog‘iston mudofaa vaziri lavozimidan ozod etilgan. Kosanov 2025-yil iyunida mudofaa vaziri qilib tayinlangan, 2026-yil sentabrida esa yangi hukumat tarkibida ushbu lavozimga qayta tayinlangan edi.

Fojia 24-sentabr kuni yuz bergan

24-sentabr kuni Kaspiy dengizida harbiy mashg‘ulotlar vaqtida bir guruh harbiy xizmatchilar dengizga tushib ketgan. Hodisa kuchli shamol va to‘lqinlar bilan bog‘liq bo‘lgani aytilmoqda.

Keyinchalik halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini qidirish ishlari yakunlangan.

Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan. Tergov doirasida harbiy mashg‘ulotlarning tashkil etilishi va xavfsizlik talablariga rioya qilingan-qilinmagani o‘rganilmoqda.

Shuningdek, hodisani o‘rganish uchun hukumat darajasida alohida komissiya tuzilgan.

Kosanov halok bo‘lganlarning oilalari bilan uchrashgan edi

Lavozimidan ozod etilishidan bir kun oldin Kosanov Mang‘istau viloyatiga borib, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yaqinlari bilan uchrashgan. U oilalarga hamdardlik bildirgan va zarur yordam ko‘rsatilishini aytgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev Qozog‘istondagi harbiylar halokati munosabati bilan hamdardlik bildirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek