AQShda vafot etgan donor yog‘idan tayyorlangan kosmetik inyeksiyaga talab oshmoqda

eʼlon qilindi
AlloClae nomli vosita vafot etgan donorlarning qayta ishlangan yog‘ to‘qimasidan tayyorlanib, narxi qariyb $2 250 gacha yetishi mumkin
Foto: depositphotos.com

AQShda vafot etgan donorlarning yog‘ to‘qimasidan tayyorlanadigan AlloClae kosmetik inyeksiyasiga qiziqish ortmoqda. Vosita jarrohlik amaliyotisiz yuz, ko‘krak, dumba va tananing boshqa qismlariga hajm berish uchun qo‘llanadi. Plastik jarroh Luis Masias CNN nashriga bergan intervyusida AlloClae inyeksiyasiga talab oshishining sabablarini tushuntirdi.

Ozdiruvchi dorilar AlloClae’ga talabni oshirmoqda

Plastik jarroh Luis Masiasning aytishicha, Ozempic va Wegovy kabi GLP-1 preparatlari yordamida sezilarli vazn yo‘qotgan ayrim bemorlar yuz, ko‘krak yoki dumba qismidagi yo‘qolgan hajmni qayta tiklash uchun bunday inyeksiyalarga murojaat qilmoqda. AlloClae ishlab chiqaruvchisi Tiger Aesthetics ham GLP-1 preparatlarining ommalashishi mahsulotga talab oshishiga ta’sir qilayotganini bildirgan. Inyeksiya bir soatdan kam vaqt olishi mumkin. AlloClae bemorning o‘z yog‘ini AQShda vafot etgan donorlarning yog‘ to‘qimasidan tayyorlanadigan AlloClae kosmetik inyeksiyasiga qiziqish ortmoqda. orqali olib, boshqa qismiga ko‘chirish usuliga muqobil sifatida taklif qilinmoqda. Uni yuborish ko‘pincha bir soatdan kam vaqt oladi va umumiy narkoz talab qilmaydi. Mahsulot vafot etgan insonlar donorlik qilgan yog‘ to‘qimasidan olinadi. Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, qayta ishlash jarayonida donor DNKsi olib tashlanadi.

AlloClae narxi qancha?

12,5 kub sm hajmdagi bir shprits AlloClae narxi qariyb $2 250 gacha yetishi mumkin. CNN suhbatlashgan bemorlardan biri ikki bosqichli muolaja uchun jami deyarli $50 ming sarflagan.

Mahsulot 2024-yilda AQShda ayrim plastik jarrohlar uchun taqdim etilgan. Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil mayidan buyon AlloClae inyeksiyasini 2 mingdan ortiq bemor olgan.

Vafot etgan donorning to‘qimasidan foydalanish bahslarga sabab bo‘ldi

Vositaning vafot etgan donorlar to‘qimasidan tayyorlanishi etik jihatdan ham muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ayrim mutaxassislar bunday materiallardan estetik maqsadlarda foydalanishga tanqidiy qaramoqda, ishlab chiqaruvchi esa uni rekonstruktiv va kosmetik muolajalarning yangi usuli sifatida ko‘rsatmoqda.

Avvalroq «Kursiv» ozdiruvchi kuchli kofelarning savdosiga chek qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek