Huawei Nova 16z smartfoni sotuvga chiqdi — narx

28-sentabr 2026 14:27 eʼlon qilindi

(28-sentabr 2026 21:57 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Huawei Nova 16z smartfoni sotuvga chiqdi — narx
Foto: Huawei

Rossiyada Huawei Nova 16z smartfoni sotuvi boshlandi. Qurilma OLED-ekran, 50 Mp asosiy kamera va 6000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan.

Smartfonning 12 Gb tezkor va 256 Gb ichki xotirali versiyasi 28-sentabrdan 4-oktabrgacha 29 ming rublga sotiladi. Bu 28-sentabrdagi kurs bo‘yicha qariyb $343 ga teng.

Kamerasi

Huawei Nova 16z’ning asosiy kamerasi 50 Mp bo‘lib, 1/1,56 dyuymli sensor va f/1,9 diafragmaga ega. Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, kamera yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitlarda ham suratga olishga mo‘ljallangan.

Foto: Huawei

Asosiy kamerani 12 Mp teleobyektiv to‘ldiradi. U 3 karra optik va 30 karra raqamli yaqinlashtirish imkonini beradi. Old kamera ham 50 Mp aniqlikka ega.

Smartfonda suratlarni qayta ishlash uchun sun’iy intellekt funksiyalari ham mavjud. Ular tasvirdagi keraksiz obyektlarni o‘chirish hamda guruh suratlarida yuz ifodalarining yaxshiroq variantini tanlash imkonini beradi.

6000 mA/soat akkumulyator

Qurilma 6 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan va 100 Vt quvvatli Huawei SuperCharge tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon korpusining qalinligi 7,19 mmni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Huawei Mate 90 modeliga oldindan buyurtma berish boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek