Lada Azimut gibrid avtomobili qancha masofa bosadi

28-sentabr 2026 11:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Lada Azimut gibrid avtomobili qancha masaofa bosadi
Foto: RG

Lada Azimut krossoverining gibrid versiyasi haqida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Model ichki yonuv dvigateli va ikkita elektromotor bilan jihozlangan.

Gibrid versiya tashqi ko‘rinishda deyarli farq qilmaydi

Gibrid Azimut’ni standart versiyadan tashqi ko‘rinishiga qarab ajratish qiyin. Asosiy farq yukxona eshigidagi PHEV 4WD yozuvi bo‘ladi. Modelning asosiy o‘zgarishlari esa kuch qurilmasiga tegishli.

Quvvati 500 ot kuchiga yetadi

Gibrid tizim ichki yonuv dvigateli hamda old va orqa o‘qlarga o‘rnatilgan ikkita elektromotordan iborat.

Kuch qurilmasining umumiy quvvati qariyb 500 ot kuchini tashkil etadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soatgacha 6,5 soniyada tezlashishi mumkin.

Yurish zaxirasi 1 000 km dan oshadi

Gibrid Lada Azimut’ning umumiy yurish zaxirasi 1 000 km dan ortiq bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, aynan PHEV versiyasi to‘liq uzatmali 4WD tizimini oladi. Oddiy Azimut versiyalarida esa bunday tizim bo‘lmaydi.

Foto: RG

Hozircha seriyali ishlab chiqarish tasdiqlanmagan

Ayni paytda gibrid Azimut’ning ishlab chiqarishdan oldingi namunalari sinovdan o‘tkazilmoqda.

AvtoVAZ hozircha eng kuchli ushbu modifikatsiyani Rossiya bozoriga chiqarish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan.

Kompaniya modelning bozor istiqboli va sotuvga chiqarish muddatlarini baholashda davom etmoqda.

Oddiy Lada Azimut ishlab chiqarilishi boshlandi

Lada Azimut’ning seriyali ishlab chiqarilishi 25-sentabr kuni boshlangan.

2026-yil oxirigacha avtomobillar dilerlik markazlariga yetkazilishi rejalashtirilgan. Model narxi sotuv boshlanishiga yaqin e’lon qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lada Azimut va Lada Iskra «Yevro-6» dvigatellarini olishi haqida yozgan edi.

Shuningdek