Samsung Galaxy A08 4G smartfoni sotuvga chiqdi

28-sentabr 2026 10:23 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy A08 4G smartfoni sotuvga chiqdi
Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy A08 4G smartfonini Malayziya bozorida sotuvga chiqardi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Smartfon Malayziyada 6 GB tezkor va 128 GB doimiy xotirali bitta konfiguratsiyada taklif etilmoqda. Uning narxi 899 ringgit, ya’ni taxminan $220.

Batareya sig‘imi 6 000 mA/soatga yetdi

Galaxy A08 4G’ning asosiy yangiliklaridan biri kattaroq batareya bo‘ldi. Yangi model 6 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Taqqoslash uchun, Galaxy A07 4G’da 5 000 mA/soatlik batareya mavjud edi.

Himoya darajasi IP64 gacha oshirildi

Samsung yangi modelning chidamliligini ham yaxshiladi.

Galaxy A07 4G IP54 darajasidagi chang va suvdan himoyaga ega bo‘lgan bo‘lsa, Galaxy A08 4G’da bu ko‘rsatkich IP64 gacha oshirilgan.

Ekran 90 Hz yangilanish tezligiga ega

Galaxy A08 4G 6,7 dyuymli HD+ displey bilan jihozlangan. Ekran 90 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma MediaTek Helio G99 protsessori asosida ishlaydi.

Asosiy kamera 50 MP

Smartfonning orqa tomonida 50 MP asosiy kamera o‘rnatilgan. Old kamera esa 8 MP sensor bilan jihozlangan.

Shuningdek, qurilmada yon tomonga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, USB Type-C porti, ikki SIM-kartali 4G, ikki diapazonli Wi-Fi, Bluetooth 5.3 va GPS mavjud.

Olti yil xavfsizlik yangilanishi beriladi

Galaxy A08 4G Android 17 asosidagi One UI 9.0 operatsion tizimi bilan yetkazib beriladi. Samsung smartfon uchun oltita yirik operatsion tizim yangilanishi va olti yil davomida xavfsizlik yangilanishlarini taqdim etishni va’da qilgan.

Uchta rangda sotiladi

Galaxy A08 4G Malayziyada Dark Blue, Green va Silver ranglarida sotuvga chiqarilgan. Avvalroq model Bosniya va Gersegovinada ham taqdim etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A56 va Galaxy A36 narxlarini yana oshirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek