Venesuelaliklar muxolifat yetakchisi Machadoning qaytishini talab qilmoqda

eʼlon qilindi
Namoyishlar bir necha shaharda o‘tkazildi
Venesuelaliklar muxolifat yetakchisi Machadoning qaytishini talab qilmoqda
Foto: Pedro Mattey/AP

Venesuelaning bir necha shahrida muxolifat yetakchisi Mariya Korina Machadoning mamlakatga xavfsiz qaytishi va 2027-yilda shaffof prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini talab qilgan namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Aksiyalarda yuzlab odamlar qatnashdi.

Namoyishlar bir necha shaharda o‘tkazildi

Machadoning Vente Venezuela partiyasi tarafdorlari Karakas, Valensiya, Marakaybo, Merida va boshqa shaharlarda ko‘chalarga chiqdi.

Namoyishchilar partiyaning moviy rangidagi kiyimlarda mototsikl va avtomobillarda yurishlar o‘tkazib, «Ozodlik» shiorlarini aytdi. Ular 2027-yilgi prezidentlik saylovlari bo‘yicha aniq taqvim e’lon qilinishini ham talab qildi.

Machado hozir Panamada

Mariya Korina Machado hozir Panamada yashamoqda. U 2025-yil dekabrida Nobel Tinchlik mukofotini olish uchun Osloda bo‘lganidan keyin Venesuelaga qayta olmagan.

DW ma’lumotiga ko‘ra, u so‘nggi oylar davomida mamlakatga qaytishga bir necha bor uringan, biroq urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Tarafdorlar 2027-yilda saylov talab qilmoqda

Namoyishchilar prezidentlik saylovlarini 2027-yilda o‘tkazish bo‘yicha aniq muddat va shaffof jarayon bo‘lishini talab qildi.

Machado tarafdorlari uning mamlakatga qaytishiga hukumat to‘sqinlik etayotganini da’vo qilmoqda. Venesuela hukumati esa bu ayblovlarni rad etib keladi.

Venesuelani Delcy Rodríguez boshqarmoqda

2026-yil yanvarida Nikolas Maduro AQSh kuchlari tomonidan qo‘lga olinganidan keyin mamlakatda vaqtinchalik prezident sifatida Delse Rodríguez faoliyat yuritmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri AQSh Venesuela neft zaxiralarining beshdan birini nazorat qilmoqchiligi haqida yozgan edi.

Shuningdek