AQSh sanksiyalari Eron parvozlarini qisqartirmoqda

eʼlon qilindi
Bir qator xalqaro reyslar bekor qilindi
AQSh sanksiyalari Eron parvozlarini qisqartirmoqda
Foto: Morteza Nikoubazl/NurPhoto

AQShning Eron aviatsiya sektoriga qarshi yangi sanksiyalari mamlakatning xalqaro aviaqatnovlarini keskin cheklamoqda. Ayrim davlatlar Eron aviakompaniyalari reyslarini to‘xtatgan, aeroportlar va xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar esa ikkilamchi sanksiyalar xavfini hisobga olishga majbur bo‘lmoqda.

AQSh Moliya vazirligi 8-sentabr kuni Eron aviatsiya sektoriga aloqador 36 ta nishonga sanksiya joriy qilgan. Ularning orasida 27 ta Eron aviakompaniyasi ham bor. Vashington bu choralarni «Operation Economic Outcast» kampaniyasi doirasida amalga oshirmoqda.

Bir qator xalqaro reyslar bekor qilindi

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, yangi sanksiyalar kuchga kirgach, BAA, O‘mon, Gruziya, Ozarbayjon va Iroq yo‘nalishlaridagi Eron reyslarining bir qismi to‘xtatilgan.

DW esa Bag‘dod va Maskatga qatnovlar bekor qilinganini, Ozarbayjon hamda Gruziya ham Eron aviakompaniyalari parvozlarini qabul qilishni to‘xtatganini yozmoqda.

Natijada ayrim yo‘lovchilar Eronni avtomobil orqali tark etib, keyin uchinchi davlatlardan samolyotga chiqishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa safar vaqtini va xarajatlarini oshirmoqda.

Xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar ham xavf ostida

AQSh xorijiy aeroportlarga Eron samolyotlarini qabul qilmaslikni to‘g‘ridan to‘g‘ri buyura olmaydi. Biroq Eron aviatsiya sektoriga xizmat ko‘rsatgan kompaniyalar AQSh moliya tizimidan uzilishi yoki boshqa cheklovlarga duch kelishi mumkin.

Shu sababli aeroportlar, yoqilg‘i yetkazib beruvchilar, yer usti xizmatlari, chipta sotuvchilari va boshqa aviatsiya kompaniyalari Eron tashuvchilari bilan ishlashdagi sanksiya xavfini baholamoqda.

AQSh Moliya vazirligi Eron aviakompaniyalaridan ayrimlari Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga qurol va xodimlarni tashishda yordam berganini da’vo qilmoqda. Xususan, Mahan Air AQSh tomonidan 2011-yildan beri sanksiyalar ostida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha shartlaridan voz kechmagani haqida yozgan edi.

Shuningdek