Nukusda bog‘cha rahbari va o‘rinbosari 20 mln so‘m pora bilan ushlandi

Nukus shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasi direktori va uning o‘rinbosari fuqaroni logoped lavozimiga ishga qabul qilish evaziga 20 mln so‘m olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Departamentning Qonliko‘l tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Pul xizmat xonasida olingan
Ma’lumotga ko‘ra, bog‘cha direktori K.R. fuqaro G.R.ni logoped lavozimiga ishga qabul qilish evaziga 20 mln so‘m talab etgan.
Direktorning topshirig‘iga ko‘ra, uning o‘rinbosari R.K. ushbu pulni xizmat xonasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, o‘qing: Davlat bog‘chalarida ota-onalar to‘lovi oshirildi: yangi narxlar qancha bo‘ladi
Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi – pora olish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ohangarondagi bog‘chada bola hasharotlarga qarshi vositadan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgandi. Bola shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.