Qonun loyihasi: bolalarga jinsiy tajovuz uchun umrbod qamoq beriladimi

eʼlon qilindi
Pedagog bolaga zo‘ravonlik qilsa, ishdan bo‘shatilishi mumkin
Zo‘ravonlik xavfi ostidagi bolalar uchun professional tutingan oila xizmati joriy etiladi
Foto: FTW

O‘zbekistonda 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan ayrim o‘ta og‘ir jinsiy jinoyatlar uchun uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash taklif qilinmoqda. Tegishli qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasi «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusi asosida kiritilgan. Hujjat bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini kuchaytirishga qaratilgan.

Loyihaga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatlari uchun uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, bolaning jinsiy erkinligiga qarshi jinoyat sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish muddati o‘tganligi sababli javobgarlikdan, jazoni ijro etish muddati o‘tganligi sababli esa jazodan ozod qilmaslik taklif qilinmoqda.

Shuningdek, o‘qing: Namangandagi bog‘chada 5 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik: ayrim xodimlar ishdan olindi

Jabrlangan bolalarga davlat hisobidan advokat beriladi

Qonun loyihasida zo‘ravonlikdan jabrlangan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videoyozuvga olish ham nazarda tutilgan.

Jinsiy jinoyat bo‘yicha jabrlangan bola bilan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchini yuzlashtirish maxsus tartibda o‘tkazilishi taklif qilinmoqda.

Zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish ham ko‘zda tutilgan. Bunday mexanizmlar 2026 – 2030-yillarga mo‘ljallangan davlat strategiyasida ham nazarda tutilgandi.

Pedagog bolaga zo‘ravonlik qilsa, ishdan bo‘shatilishi mumkin

Hujjatda bolalarni tarbiyalash majburiyatini bajarmaslik, shahvoniy shilqimlik va nikoh yoshi haqidagi qonunchilikni buzish uchun ma’muriy jazolarni kuchaytirish taklif etilmoqda.

Shuningdek, pedagog ta’lim-tarbiya jarayonida bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etsa, ish beruvchiga u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish imkonini beruvchi huquqiy asos yaratish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, o‘qing: Namangandagi 5 yoshli qizning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi

Bundan tashqari, bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik hamda Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar qarorlarini bajarmaslik yoki ularning ijrosiga to‘sqinlik qilish uchun javobgarlik belgilash taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov bolalarga qarshi ayrim og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosini, «Yuksalish» harakati rahbari Bobur Bekmurodov esa umrbod qamoqni taklif qilgandi.

Shuningdek