FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkentga keladi

eʼlon qilindi
Toshkentga tashrif buyurishi kutilmoqda
Foto: Irishtimes.com

FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkentga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Narzulla Saydullayev ma’lum qilgan. 

Infantino Toshkentga kelishi mumkin

Hozircha FIFA, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yoki boshqa rasmiy manbalar tomonidan Infantinoning navbatdagi tashrifi bo‘yicha aniq dastur e’lon qilinmagan.

Infantino O‘zbekistonga oxirgi marta 2025-yilda kelgan

FIFA prezidenti O‘zbekistonga oxirgi marta 2025-yil 8-sentabr kuni tashrif buyurgan. U Toshkentdagi CAFA Nations Cup finalida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni stadiondan kuzatgan.

Foto: UFA

Tashrif davomida Infantino Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan. Unga O‘zbekiston futbolini xalqaro maydonda rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun «Do‘stlik» ordeni topshirilgan.

Foto: prezident matbuot xizmati

Toshkentda FIFAning mintaqaviy ofisi ochilishi muhokama qilingan

2025-yilgi uchrashuvda Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun FIFAning mintaqaviy ofisini ochish imkoniyati ham muhokama etilgan. FIFA rahbari o‘sha tashrifida O‘zbekistonning yangi sport infratuzilmasini yuqori baholab, mamlakat kelajakda FIFA turnirlarini qabul qilish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega ekanini ta’kidlagan.

Avvalroq O‘zbekiston 2027-yilgi futbol bo‘yicha U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek