Kommunal xo‘jalik xodimlari uchun faxriy unvon ta’sis etildi

eʼlon qilindi
Yangi unvon soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan xodimlarga beriladi
Kommunal xo‘jalik xodimlari uchun faxriy unvon ta’sis etildi
Foto; prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan kommunal xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni ta’sis etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Kimlarga beriladi

Faxriy unvon uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan, o‘z mehnati bilan yuqori kasbiy mahoratini namoyon etgan hamda aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlarga beriladi.

Unga birlashmalar, tashkilotlar va muassasalarda faoliyat yuritayotgan soha vakillari munosib ko‘rilishi mumkin. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 108 nafar ta’lim sohasi vakili davlat mukofotlari bilan taqdirlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek