MyGov orqali bank kartalarini ko‘rish va yangisiga buyurtma berish xizmati ishga tushdi

eʼlon qilindi
Portalda foydalanuvchi o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari haqidagi ma’lumotni ko‘rishi va yangi karta uchun ariza yuborishi mumkin
Bank kartasi
Foto: Depositphotos.com

My.gov.uz portalida bank kartalari bilan bog‘liq yangi imkoniyatlar ishga tushirilmoqda. Foydalanuvchilar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan kartalar haqida ma’lumot olishi, ayrim hollarda ularni boshqarishi va yangi bank kartasiga onlayn buyurtma berishi mumkin.

Yangi kartaga onlayn ravishda buyurtma beriladi

Portalda «Bank plastik kartalarini buyurtma qilish» xizmati mavjud. Ariza beruvchi tizimga kirib, karta turi va kerakli ma’lumotlarni tanlaydi hamda arizani elektron shaklda yuboradi. Buning uchun alohida hujjat talab etilmaydi.

Virtual karta avtomatik tarzda ochilishi mumkin. Jismoniy kartani esa tanlangan bank ofisidan bir kun ichida olib ketish yoki yetkazib berishni tanlash mumkin. Karta narxini tegishli tijorat banki belgilaydi.

O‘z nomingizdagi kartalarni ham ko‘rishingiz mumkin

Prezidentning 2026-yil 15-iyuldagi qaroriga ko‘ra, Yagona portal orqali fuqarolarning o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish va ularni boshqarish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Jumladan, karta bloklanishi yoki yopilishi uchun emitent bankka ariza yuborish imkoniyati ham nazarda tutilgan. Yangi xizmatlar fuqarolarga bankka bormasdan kartalar haqidagi ma’lumotlarni tekshirish va yangi karta uchun ariza topshirish imkonini beradi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay servislarini qachon ishga tushirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek