Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentini tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-sentabr kuni Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Mirziyoyevning matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida Mirziyoyev Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar aloqalarni yanada faollashtirishga e’tibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, mintaqaviy kun tartibi va bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qilgan.
Avvalroq Pezeshkiyon Hormuz bo‘g‘ozi AQSh tomonidan amalga oshirilayotgan blokada va hujumlar to‘xtatilgan taqdirda ochilishini bildirgandi.