SpaceX ilk bor Starship’ni Yer orbitasiga chiqardi — video

eʼlon qilindi
Avvalgi barcha Starship sinovlari suborbital trayektoriya bo‘yicha o‘tkazilgan edi
SpaceX ilk bor Starship’ni Yer orbitasiga chiqardi — video
Videodan ekran tasviri

SpaceX Starship kosmik kemasining 14-sinov parvozini amalga oshirdi. Bu Starship tarixida ilk bor kema Yer orbitasiga chiqqan parvoz bo‘ldi. Avvalgi barcha Starship sinovlari suborbital trayektoriya bo‘yicha o‘tkazilgan edi.

Starship Yer atrofini olti marta aylanadi

«RBC» yozishicha, parvoz davomida Starship taxminan 275 km balandlikka ko‘tarildi. Kema Yer atrofida qariyb olti marta aylanishi rejalashtirilgan.

Butun parvoz deyarli o‘n soat davom etadi. Shundan so‘ng Starship Tinch okeaniga, Chili g‘arbida suvga qo‘nishi kerak.

Super Heavy ham muvaffaqiyatli ishladi

Starship’ni uchirishda foydalanilgan Super Heavy tezlatgichi uchirishning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli bajardi.

U kosmik kemadan ajralganidan so‘ng Meksika qo‘ltig‘iga suvga qo‘ndi. SpaceX ma’lumotiga ko‘ra, avvalgi sinovdan keyin tezlatgichning uskunalari va dasturiy ta’minotiga o‘zgartirishlar kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX $100 mlrd evaziga dunyodagi eng yirik kosmodromni qurishi haqida xabar berilgandi. Yangi kosmodrom Luiziana janubida qariyb 506 – 526 kvadrat kilometr maydonda qurilishi rejalashtirilmoqda. SpaceX ushbu hududda 10 ta uchirish maydonchasi, shuningdek, kema tayyorlash markaziga ega bo‘lishni ko‘zlamoqda.

Shuningdek