Wey V9X avtomobili qanday narxda sotiladi

29-sentabr 2026 09:07 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Wey V9X avtomobili qanday narxda sotiladi
Foto: Autonews

Great Wall Motor Rossiya bozorida yangi flagman gibrid Wey V9X narxini e’lon qildi. Model savdosi 2026-yil oktabr oyida boshlanadi va Tank dilerlik markazlarida $114,8 ming atrofida taklif etiladi.

598 ot kuchi va 4,9 soniyalik tezlanish

Olti o‘rinli krossover GWM’ning yangi yagona platformasida yaratilgan. Uning gibrid kuch qurilmasi 2 litrli benzin dvigateli, to‘rt pog‘onali gibrid transmissiya va ikkita elektromotordan iborat.

Tizimning umumiy quvvati 598 ot kuchini, aylanish momenti esa 862 Nm ni tashkil etadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 4,9 soniyada chiqadi.

Elektrda 270 km yuradi

Wey V9X 55,4 kVt/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Krossover faqat elektr quvvatida NEDC sikli bo‘yicha 270 km gacha masofa bosib o‘ta oladi.

Benzin va elektr quvvati birgalikda ishlaganda umumiy yurish zaxirasi 1217 km ga yetadi. 400 voltli tizim 165 kVtgacha tezkor doimiy tok quvvatlashini qo‘llab-quvvatlaydi. Batareyani 30% dan 80% gacha quvvatlash uchun 15 daqiqa talab etiladi.

Foto: Autonews

Orqa g‘ildiraklar ham buriladi

Krossover ikki kamerali pnevmatik osma va adaptiv amortizatorlarga ega. Klirensni besh xil darajada sozlash mumkin.

To‘liq boshqariladigan shassi orqa g‘ildiraklarni 10 darajagacha burish imkonini beradi. Shu sababli yirik avtomobilning burilish radiusi 5,1 metrni tashkil etadi.

Salonda olti o‘rindiq va massaj funksiyasi bor

Wey V9X saloni 2+2+2 sxemasida tashkil etilgan va Nappa terisi bilan qoplangan.

Old o‘rindiqlarda isitish, ventilyatsiya va 10 nuqtali massaj mavjud. Ikkinchi qatordagi o‘ng o‘rindiq esa «nol gravitatsiya» rejimi hamda 22 nuqtali massaj funksiyasini olgan.

Jihozlar ro‘yxatiga 7 litrli sovitkich, simsiz quvvatlash qurilmalari va yig‘ma stollar ham kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Trax 2027 qanday ichki qismda chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek