Dollar tushdi: 1-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

1-oktabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 12,42 so‘mga tushib, 11 808,76 so‘mni tashkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
24-sentabr kuni 11,86 so‘mga oshib, 11 814,05 so‘mni, 25-sentabr kuni 16,82 so‘mga oshib, 11 830,87 so‘mni tashkil etdi. 26-sentabr kuni esa 5,47 so‘mga tushib, 11 825,40 so‘mga, 29-sentabr kuni 18,43 so‘mga tushib, 11 806,97 so‘mga, 30-sentabr kuni 14,21 so‘mga oshib, 11 821,18 so‘mga tenglashdi.
Shuningdek, o‘qing: Dollar valyutasida pul saqlash qanchalik to‘g‘ri
Yevro kursida tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 15,28 so‘mga tushib, 13 404,12 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli oshdi. Rubl kursi 1,72 so‘mga oshib, 142,16 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» 30-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.