Isroil Saudiyadagi fuqarolarini olib chiqish uchun samolyot yubormoqchi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Flydubai’ning FZ1073 reysi Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘ndi
Foto: 4men.news

Isroil Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘ngan Flydubai samolyotidagi fuqarolarini mamlakatga qaytarish uchun samolyot yuborishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Isroil bosh vaziri idorasi va mahalliy OAV xabar berdi. 

Samolyot Saudiya Arabistoniga qo‘ndi

30-sentabr kuni Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan Flydubai’ning FZ1073 reysi Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘ndi. Samolyot bortida 150 ga yaqin isroillik yo‘lovchi bo‘lgan.

Parvoz vaqtida ekipaj favqulodda signal yuborgan. Dastlab samolyotning ehtimoliy olib qochilgani taxmin qilingan va Isroil harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlarni havoga ko‘targan. Keyinchalik Isroil rasmiylari hodisa samolyot ekipaji ichidagi mojaro bilan bog‘liq bo‘lganini ma’lum qilgan.

Yo‘lovchilarni Isroilga qaytarish rejalashtirilmoqda

Isroil bosh vaziri idorasi vaziyat nazorat ostida ekanini va mamlakat fuqarolarini xavfsiz tarzda Isroilga qaytarish uchun barcha choralar ko‘rilayotganini bildirgan.

Flydubai esa yo‘lovchilarni olib ketish uchun Dubaydan Saudiya Arabistoniga boshqa samolyot yuborishini ma’lum qilgan. Keyinchalik yo‘lovchilar Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroportiga olib kelinishi kutilmoqda.

Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud emas. Shu sababli Isroilga tegishli samolyotning Saudiya Arabistoniga borishi va yo‘lovchilarni olib chiqishi alohida xavfsizlik hamda rasmiy kelishuvlarni talab qiladi.

Hodisa bo‘yicha Saudiya Arabistoni rasmiylari ekipaj va yo‘lovchilarni so‘roq qilmoqda. Barcha yo‘lovchilar xavfsiz ekani ma’lum qilingan.

Avvalroq Dubaydan Tel-Avivga parvoz qilayotgan Flydubai samolyoti havoda kutilmaganda garovga olish holatlarida ishlatiladigan maxsus kodni yuborib, o‘z yo‘nalishini keskin o‘zgartirgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek