Munajjimlar bashorati: 30-sentabr qanday boshlanadi

30-sentabr 2026 01:00 eʼlon qilindi

(30-sentabr 2026 10:39 yangilandi)
Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Munajjimlar bashorati: 7-iyulda moliya bilan nimalar bo‘ladi
Rasm: depositphotos

Kun siz kutgandek boshlanmasligi mumkin. Ehtimol, uning birinchi yarmida kutilmaganda paydo bo‘lgan masalalarni hal qilish, boshqalarning xatolarini tuzatish yoki shunchaki e’tiboringizni qaratmoqchi bo‘lmagan ishlar bilan shug‘ullanishingizga to‘g‘ri keladi. Bunga xotirjamlik bilan yondashish kerak: tez orada rejalarni o‘zgartirish faqat sizning foydangizga ekanligi ma’lum bo‘ladi. Quyida burjlar bo‘yicha 30-sentabr uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.

Qo‘y (21.03 – 20.04)

Sizni mazmunli kun kutmoqda. Allaqachon tanish bo‘lgan vazifalarga yangilari qo‘shiladi va ularni, ehtimol, o‘zingiz hal qilishingiz kerak bo‘ladi. To‘g‘ri, kimdir yordam taklif qilishi mumkin, ammo begonalarning aralashuvi foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi.

Ishbilarmonlik uchrashuvlari yoki suhbatlarga boradiganlarga kunning boshlanishi yoqishi aniq. Bu potensial ish beruvchi yoki siz qandaydir hamkorlik haqida kelishib olmoqchi bo‘lgan odam bilan suhbatlashish uchun yaxshi vaqt.

Buzoq (21.04 – 20.05)

Bugun oson kun emas. Sizga qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lishi mumkin, lekin uni uzoq yillik tanishlaringizdan so‘rash qiyin: sizning sinalgan ittifoqchilaringiz o‘z muammolarini hal qilish bilan juda band bo‘ladi. Biroq kunning boshlanishi foydali tanishlar orttirish, yaxshi maslahatlar bera oladigan va iltimoslaringizga javob beradigan odamlarni uchratish imkonini beradi.

Ba’zilar tajribali ustozlarni topadi va bu juda foydali bo‘ladi. Burj vakillari ko‘p narsani o‘rganadi va so‘nggi paytlarda ko‘p o‘ylangan savollarga aniq javob oladi.

Egizaklar (21.05 – 21.06)

Ayniqsa, odamlar bilan til topishishingiz oson bo‘ladi. Foydali tanishlar orttirish, yangi ittifoqchilar topish, kimdir bilan hamkorlik qilish yoki shaxsiy muammolarni tezda hal etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaysiz.

Kun boshida ko‘plab qiziqarli suhbatlar kutmoqda. Yaqin kelajakda to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradigan ma’lumotlarni olishingiz ehtimoldan xoli emas. Shuningdek, kunning boshlanishi g‘ayrioddiy g‘oyalarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘ladi, ularni amalga oshirish uchun sizga eski tanishlaringizning qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘ladi.

Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Kunning boshlanishi ancha asabiy bo‘ladi. Bu paytda sizni unchalik yoqimli bo‘lmagan suhbatlar kutishi mumkin. Siz unutishni afzal ko‘rgan muammolar muhokamasiga qaytishga to‘g‘ri kelishi ehtimoldan xoli emas. Notanish odamlar ishingizga aralashishi mumkin. Ehtimol, ular eng yaxshi niyatlarga amal qilar, lekin baribir ularning harakatlari foydadan ko‘ra ko‘proq muammo va tashvishlar keltiradi.

Arslon (23.07 – 23.08)

Atrofingizdagilar bugun nafaqat sizning zaif tomonlaringizni payqaydi, balki ularga qat’iyat bilan ishora qiladi. Bu, ayniqsa, kun boshida yaqqol namoyon bo‘ladi va siz provokatsiyalarga berilib ketmaslik va atrofdagilar bilan janjallashmaslik uchun o‘zingizni to‘liq qo‘lga olishingiz kerak bo‘ladi.

Biroq asta-sekin vaziyat yaxshi tomonga o‘zgaradi. Tushdan keyin ishbilarmonlik sohasida yangi imkoniyatlar ochiladi. Agar siz, ayniqsa, murakkab va muhim vazifalarni hal qilishga e’tiboringizni qaratsangiz, hammaga nimaga qodir ekanligingizni ko‘rsatasiz.

Parizod (24.08 – 22.09)

Ertalab paydo bo‘ladigan g‘alati g‘oyalar va noxush fikrlarga e’tibor bermaslikka harakat qiling. Chamasi, tushga borib ular haqida shunchaki unutish mumkinligi ma’lum bo‘ladi.

Boshqa jihatlardan, ayniqsa, amaliy masalalarni hal qilishga e’tibor qaratadiganlar uchun kun juda omadli bo‘lishi kutilmoqda. Siz bulutlarda uchib yurmaysiz, vaziyatga real qaraysiz va aynan shu sababli ilgari hech kim payqamagan imkoniyatlarga e’tibor qaratasiz.

Tarozi (23.09 – 23.10)

Hech narsani murakkablashtirmang. Ijobiy tendensiyalarning ta’siri juda sezilarli bo‘ladi va oldingizda hayotning turli sohalarida jozibali imkoniyatlar va yangi istiqbollar ochilishi mumkin. Ammo muammo shundaki, ko‘plar haddan tashqari shubhali va ishonchsiz bo‘ladi. Shuning uchun ham ular qandaydir muhim qadam tashlashni xohlamaydi, kerakli qarorni qabul qilmaydi yoki eski usullar bilan harakat qiladi, holbuki, boshqa narsani o‘ylab topish kerakligi mutlaqo ravshan bo‘lib qoladi.

Chayon (24.10 – 22.11)

Muvaffaqiyatga erishish imkoniyati sizda bo‘ladi. Turli odamlar bilan til topishish, o‘zingizga umuman o‘xshamaydigan odamlarning ko‘nglini topish sizga juda asqatadi. Yaqin-yaqingacha g‘oyat murakkab bo‘lib ko‘ringan ishlarda ana shu qobiliyatingiz tufayli katta yutuqlarga erishishingiz ehtimoldan xoli emas.

Ba’zilar yangi tanishlaridan juda o‘rinli yordam oladi, boshqalari esa eski ittifoqchilar bilan munosabatlarni tiklaydi va ular bilan birgalikda qandaydir keng ko‘lamli loyihani amalga oshirishga kirishadi.

O‘qotar (23.11 – 21.12)

Kun unumli o‘tadi. Hammasi juda yaxshi bo‘ladi va siz hech qanday kuch sarflamasdan maqsadingizga erishasiz, deb ayta olmaysiz, ammo yulduzlar sizning tomoningizda bo‘ladi va ularning qo‘llab-quvvatlashi qiziqarli imkoniyatlarni ochadi.

Ishbilarmonlik nuqtayi nazaridan, ish turli odamlar bilan muloqot qilishni talab qiladiganlar uchun, ayniqsa, qulay kun bo‘ladi. Ilgari chiqisha olmaganlaringiz bilan tezda til topishib ketasiz. Sizlar uchun juda muhim bo‘lgan qandaydir kelishuvlarga erishish mumkin.

Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Intuitsiyangiz ko‘rsatmalariga juda diqqat bilan quloq soling: kun boshida u nihoyatda o‘tkir bo‘ladi va hammani boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ygan savollarga javob topishga yordam beradi. Shuningdek, uzoq muddatli rejalar tuzish uchun ham yaxshi vaqt. Siz havas qilgulik darajada uzoqni ko‘ra bilasiz. Umuman vaziyatni ham, o‘z imkoniyatlaringizni ham to‘g‘ri baholaysiz, osmonda uchib yurmaysiz.

Sizning ishlarga bo‘lgan yondashuvingiz ko‘pchilikka yoqadi. Uzoq muddatli hamkorlik, ish joyini o‘zgartirish yoki qandaydir yirik loyihada ishtirok etish haqida taklif olishingiz ehtimoldan xoli emas.

Qovg‘a (21.01 – 19.02)

Ertalabdan kim bilandir olishgingiz va ishonchli g‘alabaga erishgingiz keladi. Ehtimol, sizda buni qilish imkoniyati bo‘ladi, lekin tez orada ko‘p kuch sarflanganligi va natija unchalik yaxshi emasligi ma’lum bo‘ladi. Shuni yodda tutingki, bugun ochiq jang qilishdan ko‘ra, diplomatik muzokaralar olib borish ancha samaraliroq bo‘ladi.

Tushdan keyin ancha tinchliksevar kayfiyatda bo‘lasiz va hammaga o‘z ustunligingizni isbotlash shart emasligini tushunib yetasiz.

Baliq (20.02 – 20.03)

Kun boshida sizni g‘azablantirganlarga juda ham achinamiz. Bu g‘azabda dahshatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaqt, bu g‘azabni qo‘zg‘atish uchun esa har qanday arzimas narsa kifoya qiladi. Shuni yodda tutingki, keyinchalik salbiy his-tuyg‘ularga erk berganingizdan o‘zingiz afsuslanishingiz mumkin. Kunni muhim suhbatlar yoki muammolarni muhokama qilish bilan boshlamaganingiz, shuningdek, imkon qadar bu vaqtni sizni osongina muvozanatdan chiqaradigan odamlar bilan o‘tkazmaganingiz ma’qul.

Shuningdek