Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun OTMlarga 7 mingta qo‘shimcha o‘rin ajratildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
68 balldan yuqori natija ko‘rsatganlar uchun 500 ta o‘rin
Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qoʻshimcha oliy ta’lim kvotalari yaratildi
Foto: Telegram

2026/2027-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston yoshlari oliy ta’limga kirishda ikkita qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi. Davlat komissiyasi qaroriga ko‘ra, ular uchun jami 7 mingta qo‘shimcha qabul o‘rni ajratiladi.

Shundan 500 tasi maqsadli qabul, yana 6,5 mingtasi esa to‘lov-kontrakt asosidagi qo‘shimcha o‘rinlardan iborat, deya xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

68 balldan yuqori natija ko‘rsatganlar uchun 500 ta o‘rin

2 – 6-oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlar 500 ta maqsadli qabul o‘rni uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Bunda abituriyent davlat oliygohining kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi kerak.

Ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Tanlov abituriyent tavsiya etilgan oliygoh va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi. Nomzodlar to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida maqsadli qabul o‘rinlariga tavsiya etiladi.

Yana 6,5 mingta qo‘shimcha kontrakt o‘rni ajratiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaati asosida davlat oliy ta’lim tashkilotlariga qo‘shimcha 6 500 ta to‘lov-kontrakt o‘rni tasdiqlangan.

Bu imkoniyat Qoraqalpog‘istondagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy ta’lim tashkilotlarini bitirgan, kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball olgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga beriladi.

Tanlov natijalari tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga rasmiylashtirish uchun yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq talabaga to‘langan ish haqining 50 foizini subsidiyalash taklif qilingandi.

Shuningdek