Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada filiallari ochiladi

30-sentabr 2026 10:01 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan shaxmatchilar qancha pul oladi
Foto: Pexels.com

Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Yangi filiallar yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Shuningdek, akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Xususiy klublardagi xarajatning yarmi qoplanadi

FIDE reytingida 1 500 balldan yuqori natijaga ega shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining 50 foizi davlat tomonidan qoplanadi.

Shuningdek, o‘qing: Parashaxmatchilarga 2 xonali uy, avtomobil va 50 ming dollar berildi

Bundan tashqari, mamlakatda «O‘zbekiston Grand chess» milliy brendi ostida xalqaro turnirlarni muntazam o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yangi Toshkentda shaxmat saroyi qurilishi taklif qilindi

Prezident Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.

Shuningdek, hududlarda iqtidorli bolalarni erta aniqlash, ularga kuchli murabbiylarni biriktirish va xalqaro turnirlarda muntazam qatnashishi uchun sharoit yaratish vazifasi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shaxmat Olimpiadasi chempionlariga uy-joy, avtomobil va 200 ming dollar mukofot berilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek