Qaysi banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari past

28-sentabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,9 foizdan 21,5 foizga tushdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 23 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng past avtokredit stavkasi «Aloqabank» tomonidan taklif qilingan bo‘lib, 18,6 foizni tashkil etdi. Bungacha ham eng kam foiz «Aloqabank» (18,1%) tomonidan taklif qilingandi.
Xususan, eng kam foizli avtokreditlar quyidagi banklarda ham kuzatilmoqda:
- «Aloqabank» – 18,6%;
- «Asaka bank» – 18,6%;
- «Ipoteka-bank» – 20%;
- «Apex bank» – 20,2%
- «Milliy bank» – 20,4%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:
- «Asia Alliance bank» – 25,2%;
- «Davr bank» – 25,2%;
- «Agrobank» – 24,7%;
- Xalq banki – 24%;
- «Mikrokreditbank» – 23,5%.
Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.
Mikroqarzlar
Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 29 foizdan 28,2 foizga tushdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 23 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:
- «TBC bank» – 40,7%;
- «AVO bank» – 39,9%;
- «Uzum bank» – 38%;
- «Ipak Yuli bank» – 35,5%;
- «Tenge bank» – 35,3%.

Eng past mikroqarz foiz stavkasi «Mikrokreditbank» (21,8%) tomonidan taklif qilinmoqda. Bundan avval eng kam foiz stavkasi 24% bo‘lib, uni «Infinbank» taklif etgandi.
Bundan tashqari, eng kam foizli mikroqarzlar quyidagi banklarda ham mavjud:
- «Mikrokreditbank» – 21,8%;
- «Infinbank» – 24%;
- «Asia Alliance bank» – 24,2%;
- «Trastbank» – 24,5%;
- «Agrobank» – 24,9%.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpol «Anorbank» aksiyadori Qahramonjon Olimovni xalqaro qidiruvga bergandi. Interpol’ning ochiq kartochkasida Olimov qaysi jinoyatda gumon qilinayotgani, ish tafsilotlari yoki qaysi davlatning so‘roviga asosan qidiruv e’lon qilingani ko‘rsatilmagan.