Bibisara Asaubayeva Javohir Sindarov bilan munosabatlari qachon boshlanganini aytdi

eʼlon qilindi
Qozog‘istonlik shaxmatchining aytishicha, u Javohir Sindarov bilan grossmeysterning reytingi hali 2 700 ga yetmagan paytda tanishgan
Foto: sports.kz

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubayeva o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov bilan munosabatlari qachon boshlanganiga oid yangi tafsilotni aytdi. Bu haqda Sports.kz xabar berdi. Asaubayeva Telegram kanalida obunachilardan birining «Javohir bilan qachondan beri uchrashib yurasiz?»  degan savoliga javob bergan. U aniq sanani aytmagan, biroq munosabatlar 2026-yil bahorida emas, ancha oldin boshlanganiga ishora qilgan.

O‘shanda Sindarovning reytingi hali 2 700 ga yetmagandi

Asaubayevaning aytishicha, ayrimlar u Sindarov bilan Gran-pridan keyin yoki 2026-yil bahoridagi «Da’vogarlar turniri» vaqtida tanishgan deb o‘ylagan.

«Faqat bitta narsani ayta olaman: o‘shanda uning reytingi hali 2 700 ga yetmagandi», – dedi Asaubayeva.

Javohir Sindarov FIDE reytingida 2 700 chegarasidan ilk bor 2023-yil oxirida o‘tgan. 2023-yil dekabrdagi rasmiy reyting ro‘yxatida uning ko‘rsatkichi 2 701 punktni tashkil etgan. Bu natija FIDE Grand Swiss turniridagi muvaffaqiyatli ishtirokidan keyin qayd etilgan. Shundan kelib chiqib, Asaubayevaning so‘zlari ularning yaqin tanishuvi 2023-yil oxiridan avval boshlangan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Javohir Sindarov Bibisara Assaubayevani Samarqanddagi Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi muvaffaqiyati bilan tabriklagani haqida yozgan edi.

Shuningdek