DXX akademiyasiga arizalar qabuli boshlandi

eʼlon qilindi
Ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz orqali
Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun arizalar qabuli boshlandi
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2027/2028-o‘quv yili uchun Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni dastlabki saralash uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Bilim va malakalarni baholash agentligiga ko‘ra, talabgorlar saralash test sinovlarida qatnashish uchun 1-oktabrdan 20-oktabrgacha onlayn ariza topshirishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz orqali

DXX akademiyasiga kirish istagidagi nomzodlar my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

Arizalar 20-oktabr kuni ham qabul qilinadi.

Shuningdek, o‘qing: Oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun qabul boshlandi

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

Nomzodlarni saralash Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Talabgorlar ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan talablarga javob berishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq magistr xotin-qizlar kontraktini qoplash uchun ariza muddati uzaytirilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek