Farg‘onada ETK muhandisi 3 mln so‘m bilan ushlandi

eʼlon qilindi
U elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish bo‘yicha dalolatnomani yo‘q qilib berishni va’da qilgani aytilmoqda
Farg‘onada ETK muhandisi 3 mln so‘m bilan ushlandi
Foto: Departament

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida elektr ta’minoti korxonasi muhandisi 3 mln so‘m olayotgan vaqtda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Tezkor tadbir Departamentning Qo‘shtepa tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan.

Dalolatnomani yo‘q qilish uchun pul so‘ragan

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shtepa tumani ETK muhandisi «Xumdon» mahallasidagi issiqxonaning umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari ulanganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga u 3 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri fuqarolar nomiga 219 mln so‘m kredit olgan shaxslar ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek